Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 7 noyabr kuni Toşkent şahrida 82-yönaliş avtobusi haydovçisi öz transport vositasi ğildiraklari ostida qolib, halok böldi. Hodisa avtobus öz-özidan harakatlana boşlaganidan keyin sodir bölgan. Bu haqda “Toşşahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya ma’lumotiga köra, J.Z. boş harflari bilan körsatilgan haydovçi «18-avtobus saroyi» filialida işlagan. U bekatda yölovçilarni tuşirgandan söng avtobusni töxtatgan, biroq qöl tormozini işga tuşirmasdan salonni tark etgan.
Natijada avtobus öz-özidan harakatlana boşlagan. Buni payqagan haydovçi transport vositasini töxtatişga uringan, ammo avtobus ğildiraklari ostida qolgan. Oqibatda baxtsiz hodisa yuz berib, erkak vafot etgan.
“Toşşahartransxizmat”da mazkur voqea jamoa uçun oğir yöqotiş bölgani ta’kidlanib, marhumning oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga hamdardlik bildirildi.
Kompaniya marhumning yaqinlariga sabr-toqat va matonat tiladi.