Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent hayvonot boğining maşhur jonivorlaridan biri — Sezar ismli orangutanda suyak töqimasining xavfli ösmasi, ya’ni osteosarkoma aniqlandi. Bu haqda Toşkent hayvonot boği xabar berdi.
Taşxis hayvonot boği mutaxassislari tomonidan qöyilgan. Qöşimça maslahat oliş uçun ular xorijlik hamkasblariga ham murojaat qilgan va ular tekşiruv natijalarini tasdiqlagan.
Hayvonot boği ma’lum qilişiça, ayni paytda Sezarga alohida ğamxörlik, e’tibor va tibbiy yordam zarur. Xodimlar unga qulay şaroit yaratiş va odatiy muhitini saqlab qoliş uçun qöllaridan kelgan barça işni amalga oşiriş niyatida.
Muassasa vakillarining ta’kidlaşiça, hayvon uçun öziga taniş insonlar yonida böliş muhim. Şu bois Sezarga köp yillardan buyon ğamxörlik qilib kelayotgan xodimlar uni parvarişlaşda davom etadi.
Orangutan hayotida Maşkura opaning örni alohida. U Sezarni katta qilgan, ovqatlantirgan va parvarişlagan, jumladan, tunlari uxlamay uning holidan xabar olgan. Hayvonot boği, şuningdek, Sezar özlariga yaqin va sevimli jonzotga aylangan kiperlar, xodimlar hamda rahbariyatning mehnatini ham alohida qayd etdi.
Orangutan yonida köp yillardan buyon bölib kelayotgan Mahmud Qöziboyev ham uning ahvolidan qattiq taşvişda. U Sezarning oğir taşxisi haqida hayvonot boğiga taşrif buyuruvçilar va uning muxlislariga xabar berişga majbur böldi.
Hayvonot boği vakillari Sezarning ahvoliga köpçilik qiziqişi, uni köriş uçun kelişi va hayotini kuzatib borişi sababli kasallik haqida oçiq ma’lumot berişga qaror qilganini tuşuntirdi.
Muassasa xodimlari Sezar e’tibor va zarur yordamsiz qolmasligini ta’kidladi. Ular orangutan uçun imkon qadar köproq osoyişta va yaxşi kunlarni ta’minlay olişga umid qilmoqda.