Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning Sirdaryo viloyati Yaponiyada işga joylaştiriş uçun mutaxassislar tayyorlaydi. Viloyat hokimligi va Yaponiyaning Onodera User Run kompaniyasi örtasida tegişli memorandum imzolandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Donyor Qodirov Onodera User Run kompaniyasi rahbari Dzyun Kato bilan uçraşdi. Kompaniya mutaxassislarni kasbiy tayyorlaş va ularni Yaponiyadagi korxona hamda taşkilotlarga işga joylaştiriş bilan şuğullanadi.
Mavjud ma’lumotlarga köra, hozirda Özbekistondagi 16 ta Yaponiya kompaniyasi malakali kadrlarga ehtiyoj borligini bildirgan. Kelasi yili mamlakatga yana bir neça önlab Yaponiya kompaniyalari kelişi kutilmoqda. Taxminlarga köra, ularga minglab mutaxassislar kerak böladi.
Uçraşuvda Qodirov texnikumlarda kasbiy ta’limni yapon tilini örganiş bilan birgalikda olib boriş zarurligini ta’kidladi. Şuningdek, öquv dasturlarini işlab çiqişda xorijiy iş beruvçilarning buyurtmalarini hisobga olişni taklif qildi.
Tomonlar iş beruvçilar bilan aniq kelişuvlar asosida tibbiyot, haydovçilik xizmatlari, logistika va sanoat sohalari uçun kadrlar tayyorlaş masalasiga ham alohida e’tibor qaratdi.
Muzokaralar yakunida Sirdaryo viloyati hokimligi va Onodera User Run kompaniyasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.