Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Javohir Sindarov va amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaradju şaxmat toji uçun keçayotgan bahsning törtinçi partiyasini durang bilan yakunladi. Törtta uçraşuvdan söng hisob hamon teng — 2:2.
Partiya 28 noyabr, şanba kuni Jenevada bölib ötdi. Oq donalarda öynagan hindistonlik şaxmatçi beşinçi yurişdayoq Petrov himoyasiga qarşi ğayrioddiy davomni — 5.Be2 yurişini tanladi.
Sindarov javob tariqasidagi 5...Nc6 yurişi uçun qariyb 17 daqiqa sarfladi. Standartdan taşqari boşlanişga qaramay, özbekistonlik şaxmatçi asta-sekin pozitsiyaga moslaşdi va dastlabki bosqiçdagi murakkabliklardan qoçişga muvaffaq böldi.
Gukeşning e’tiborga molik qarorlaridan biri 9.Qb1 yurişi böldi. Ferzning köçirilişi d1 maydonini rux uçun böşatdi va b vertikali böylab bosim ötkaziş imkonini yaratdi. Bundan taşqari, raqib qisqa rokirovka qilgan taqdirda oq donalar uçun taktik ğoya ham yuzaga keldi.
Sindarov tahdidni anglab, otlarni almaştirişga qaror qildi — 9...Nxc3. Şundan söng Gukeş otni b piyodasi bilan oldi va ferz uçun vertikalni oçdi. Özbekistonlik şaxmatçi 10...Qc8 yurişi bilan pozitsiyani mustahkamladi.
Keyingi bosqiçda Gukeş ferz qanoti va markazdagi bosimni kuçaytirişga harakat qildi. U a5 maydonidagi piyodani oldinga surdi, ferzini faollaştirdi va raqib donalariga hujum qildi. Sindarov esa qarşi öyin imkoniyatlarini topib, almaşinuvlar orqali pozitsiyani soddalaştirişga intildi.
Bir qator almaşinuvlardan keyin taxtada ferzlar, fillar va piyodalar qoldi. 23-yurişda Sindarov bir piyoda yutib oldi, biroq Gukeş 24.Bxd5+ şohi bilan moddiy muvozanatni tikladi. Bu vaqtga kelib hindistonlik şaxmatçi vaqt tanqisligini his qila boşladi.
Birinçi vaqt nazorati oldidan Gukeşning keyingi 15 yuriş uçun taxminan 10 daqiqasi qolgan bölsa, Sindarovda qariyb 23 daqiqa bor edi.
Hindistonlik şaxmatçi ferzlarni almaştirib, pozitsiyani soddalaştirişdan boş tortdi va hujum qiliş imkoniyatlarini izlaşda davom etdi. Biroq Sindarov aniq himoyalandi. 27-yurişda fillar almaşilganidan keyin har ikki şaxmatçida bittadan ferz va törttadan piyoda qoldi.
Partiyaning yakuniy qismida Gukeş raqib şohiga bir neça marta şax berdi, ammo hal qiluvçi ustunlikka erişa olmadi. Natijada şaxmatçilar durangga kelişdi.
Şunday qilib, bahsdagi törtala partiya ham durang bilan yakunlandi. Jahon çempionligi uçun kuraşda hozirça raqiblarning birortasi ustunlikka ega bölgani yöq.