Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Saida Mirziyoyeva BAA rahbariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini yetkazdi.
Tomonlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, sunʼiy intellektni rivojlantirish mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Saida Mirziyoyeva BAA Prezidentiga iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi.