Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida Qorasuv kanalining ikki kilometrlik qismini tozalaş işlari olib borilmoqda. Umuman, kanalning 5,3 kilometri tuman hududidan ötadi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.
Işlar qirğoqböyi hududining ekologik va sanitariya holatini yaxşilaş, şuningdek, aholi uçun yana-da qulay şaroit yaratişga qaratilgan.
Tozalaş jarayonida kanal qirğoqlari va unga tutaş hududlardagi haddan taşqari köpayib ketgan begona hamda yovvoyi ösimliklar, qurib qolgan şoxlar va töplanib qolgan maişiy çiqindilar olib taşlanmoqda.
Poytaxtdagi kanallar va suv havzalari böylab hududlarni obodonlaştiriş işlari davom ettiriladi. Şuningdek, mas’ullar qirğoqböyi hududlarining tozaligini saqlaş va çiqindilar töplanişining oldini olişni rejalaştirmoqda.