Valyuta kurslari 19/11/2025
$1 – 11940.70
UZS – -0,58%
€1 – 13839.27
UZS – -0,68%
₽1 – 147.40
UZS – -0,27%
Qidirish
Toshkentni hayratga solgan voqea: Yandex Go haydovchisi safar vaqtida yo‘lovchining tug‘rug‘ini qabul qildi

Toshkentni hayratga solgan voqea: Yandex Go haydovchisi safar vaqtida yo‘lovchining tug‘rug‘ini qabul qildi

Toshkentni hayratga solgan voqea: Yandex Go haydovchisi safar vaqtida yo‘lovchining tug‘rug‘ini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 21-oktyabr kuni Toshkentda hayratlanarli voqea sodir bo‘ldi: Yandex Go orqali buyurtmalarni bajarayotgan haydovchi yo‘lovchini olib ketayotgan paytda uning tug‘rug‘ini qabul qildi. Taqdir taqozosi bilan haydovchi amaliyotchi pulmonolog shifokor bo‘lib chiqdi — u yozdan beri taksida qo‘shimcha ishlayotgan edi. Qizaloq to‘g‘ridan to‘g‘ri avtomobil ichida dunyoga keldi va haydovchining tezkor harakati tufayli barchasi yaxshilik bilan tugadi.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, bu uning o‘sha kungi birinchi buyurtmasi bo‘lgan. U taxminan soat 11:30 larda Bektemir tumanida chaqiriq qabul qilgan. Mashinaga homiladorlikning oxirgi oylarida bo‘lgan ayol, uning qaynonasi va kichik farzandi chiqqan. Mashinaga o‘tirgan zahotiyoq ayolda tug‘ruq og‘riqlari boshlanib bo‘lgan edi. Oila 5-shahar tug‘ruqxonasiga yo‘l olgan, biroq u yerga yetib borishga ulgurishmagan.

«Atigi bir necha kilometr yurganimizdan so‘ng tug‘ruq boshlanganini angladim. Darhol mashinani to‘xtatdim va qo‘limdan kelgancha yordam berdim. Tibbiy tajribam juda asqotdi, o‘sha paytda faqat ona va bolaning ahvolini haqida o‘ylardim», — deydi haydovchi.

U qaynona bilan birga tug‘ruqni avtomobilning o‘zidayoq muvaffaqiyatli qabul qildi — chaqaloq yig‘lagancha dunyoga keldi va mustaqil nafas ola boshladi. Shundan so‘ng haydovchi ona va yangi tug‘ilgan chaqaloqni eng yaqin tez tibbiy yordam punktiga olib bordi. U yerda ularni shifokorlar kutib oldi, zarur yordam ko‘rsatildi va tug‘ruqxonaga yetkazildi.

Haydovchining aytishicha, ona va bolaning ahvoli barqaror bo‘lgan, hayot uchun xavf kuzatilmagan. Chaqaloqning ismi unga hali ma’lum emas, biroq bu kun uning xotirasida abadiy qolishini aytadi.

«Men shunchaki o‘z burchimni ado etdim. Yordam berganimdan xursandman. Ehtimol, bu hayotimdagi eng g‘ayrioddiy chaqiriq bo‘lsa kerak», — deya tabassum bilan qo‘shimcha qildi u.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling