O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati Xitoyning Sichuan provinsiyasida namoyish etildi

UzDaily tahririyati · 13.07.2026 · 21:10 · 54 views
Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati Xitoyning Sichuan provinsiyasida namoyish etildi

Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati Xitoyning Sichuan provinsiyasida namoyish etildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi tomonidan Sichuan provinsiyasi maʼmuriy markazi – Chendu shahrida mamlakatimizning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sichuan Davlat aktivlarini nazorat qilish va boshqarish qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda mazkur provinsiyaning vazirlik va idoralari, yetakchi kompaniyalari, tarmoq uyushmalari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot doirasida O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan jozibador imkoniyatlar, maxsus iqtisodiy va sanoat zonalaridagi istiqbolli loyihalar haqida batafsil maʼlumot berildi.

O‘zbekiston hududlari va Sichuan provinsiyasi o‘rtasida savdo, investitsiya, infratuzilma, logistika, energetika, sanoat va boshqa sohalardagi hamkorlik kengayib borayotgani taʼkidlandi.

Tadbir yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli xalqaro anjumanlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.