O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

Oʻzbekiston va APSTAR sunʼiy yoʻldosh aloqasini rivojlantirishni muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 20.07.2026 · 15:35 · 77 views
Oʻzbekiston va APSTAR sunʼiy yoʻldosh aloqasini rivojlantirishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va APSTAR sunʼiy yoʻldosh aloqasini rivojlantirishni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Shanxay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon sun’iy intellekt konferensiyasi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov APT Satellite Company Limited (APSTAR) kompaniyasining katta direktori Sintiya Jang bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh aloqasi xizmatlarini rivojlantirish, zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish hamda mazkur yo‘nalishdagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kompaniya hamkorlikning yuqori sur’atlarda rivojlanayotganini inobatga olgan holda, APSTAR sun’iy yo‘ldoshlari orqali taqdim etilayotgan barcha mavjud xizmat va texnologik imkoniyatlarni O‘zbekiston bozoriga yo‘naltirishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar sun’iy yo‘ldosh aloqasi sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma tashabbuslarni amaliy bosqichga o‘tkazish, tashkiliy va huquqiy jarayonlarni yakunlash hamda hamkorlikning dastlabki natijalarini ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida taqdim etish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.