Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston 2,1 mlrd AQSH dollari miqdorida to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 26,9 foizga ko‘p.
Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlarida keltirilgan.
Qo‘mita maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu davrda to‘qimachilik mahsulotlarining mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 9,4 foizni tashkil etgan.
To‘qimachilik eksportining asosiy qismini tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 51,4 foiz va ip-kalava — 32,2 foiz tashkil etdi. Qo‘mita maʼlumotlariga ko‘ra, trikotaj matolar ulushi 8 foiz, gazlamalar — 6 foiz, paypoqlar — 2 foiz, gilamlar — 1 foizga to‘g‘ri kelgan.
Xalqaro standart savdo tasnifi (XSTT) bo‘yicha «To‘qimachilik iplari, gazlamalar, tayyor mahsulotlar va shunga o‘xshash mahsulotlar» bo‘limi eksporti 1,31 mlrd dollarni tashkil etib, 24,7 foizga oshgan.
Bu «Sanoat tovarlari» bo‘limidagi eng yirik yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu bo‘lim bo‘yicha eksport hajmi 3,36 mlrd dollarga yetdi, 25,6 foizga ko‘paydi va mamlakat umumiy eksportining 14,7 foizini tashkil qildi.
Kiyim-kechak va kiyim-kechak aksessuarlari eksporti 25,7 foizga oshib, 848,1 mln dollarga yetdi.
To‘qimachilik tolalari va ularning chiqindilari eksporti 42,9 mln dollarni yoki o‘tgan yilgi darajaning 72,7 foizini tashkil qildi.
To‘qimachilik iplari, gazlamalar va shunga o‘xshash mahsulotlar importi 407,4 mln dollarni tashkil etib, 9,4 foizga oshdi. Kiyim-kechak importi 21,8 foizga o‘sib, 98,6 mln dollarga yetdi. To‘qimachilik tolalari va ularning chiqindilari importi 53,6 mln dollarni yoki o‘tgan yilgi darajaning 83,7 foizini tashkil qildi.
2026 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning umumiy eksporti 22,9 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 foizga kam.
Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasi 57,4 mlrd dollarga yetdi va 7,6 foizga oshdi. Import 16,3 foizga o‘sib, 34,5 mlrd dollarni tashkil qildi.