Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi.
Turkmanboshi shahri aeroportida davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston yetakchisi 8-oktabr kuni Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida, 9-oktabr kuni esa Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Tadbirlar doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.