7
O‘zbekiston

Navoiy viloyati delegatsiyasi ilk bor MTZga tashrif buyurdi

Navoiy viloyati delegatsiyasi ilk bor MTZga tashrif buyurdi
Navoiy viloyati delegatsiyasi ilk bor MTZga tashrif buyurdi / Foto: Minsk traktor zavodi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Belarusdagi Minsk traktor zavodiga (MTZ) ilk bor tashrif buyurdi. Bu haqda Minsk traktor zavodi xabar berdi.

Delegatsiya tarkibidan O‘zbekistonning Belarusdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nuriddin Mamajonov ham o‘rin oldi.

Tashrif davomida mehmonlar korxonaning ko‘rgazma ekspozitsiyasi, ishlab chiqarish quvvatlari hamda zavodda ishlab chiqarilayotgan texnika modellari bilan tanishdi.

Tashrif doirasida uchrashuv ham o‘tkazilib, unda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Normat Tursunov, shuningdek, Minsk traktor zavodining Mehnat shuhrati muzey-sanoat markaziga sovg‘a topshirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.