Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Amaliy taşrif bilan Anqara şahriga kelgan Prezident Şavkat Mirziyoyevni Turkiyadagi vatandoşlarimiz samimiy kutib oldi.
Davlatimiz rahbari yurtdoşlarimiz bilan suhbatlaşib, ularning hayoti, öqişi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.
– Yana bir bor vatandoşlarimni körib turganimdan xursandman. Qayerda bölmanglar, bir daqiqa ham vaqtingizni behuda ötkazmanglar. Doimo ilmga, bilim olişga, örganişga intilinglar. Bu jonajon Vatanimiz, buyuk Özbekistonimiz kelajagiga qöşadigan hissangiz böladi, – dedi Prezidentimiz.
Muloqotda yoşlarga qaratilayotgan e’tibor mamlakatimizning uzoq istiqboli bilan boğliq ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari uluğ ajdodlarimizning ilmiy merosi va qadriyatlari tiklanayotganiga töxtalib, vatandoşlarimiz Yangi Özbekiston taraqqiyotiga kömakdoş bölişiga işonç bildirdi.
– Men vatandoşlarimizni doimo soğinib, eslab yuraman. Sizlarning yaxşi yaşaşingiz, Vatanga qaytib, uning ravnaqiga munosib hissa qöşa olişingiz uçun Özbekistonda barça şaroitlarni yaratişga harakat qilyapmiz. Ilm oliş, bilim egallaş, uy-joyli böliş uçun imkoniyatlarni kengaytiryapmiz, – dedi Prezident Şavkat Mirziyoyev va vatandoşlarimizga muvaffaqiyatlar tiladi.