Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Turkiyaning Kazanci Holding kompaniyasi energetika sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Muzokaralar 19 noyabr kuni Özbekiston va Turkiya örtasida biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça Oliy darajadagi kengaş yiğilişi doirasida bölib ötdi.
Uçraşuvda Özbekiston Boş vaziri örinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov hamda Kazanci Holding direktorlar kengaşi raisi va boş ijroçi direktori Jamil Kazanji iştirok etdi.
Şuningdek, xolding direktorlar kengaşi raisining örinbosari Jevdet Yalçin, moliyaviy masalalar böyiça direktori Juneyt Uygun va Aksa Energy kompaniyasining Toşkentdagi loyihasi rahbari Selçuk Şişman ham muzokaralarda qatnaşdi.
Tomonlar kompaniyaning özbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda amalga oşirayotgan loyihalarining joriy holatini hamda energetika sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Davlat-xususiy şeriklik asosidagi loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Samarqand viloyatidagi elektr energiyasini taqsimlaş tarmoqlarini boşqaruvga beriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan fikr almaşildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar energetika sohasida özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaşga tayyor ekanliklarini bildirib, qöşma loyihalarni samarali amalga oşiriş maqsadida oçiq va konstruktiv muloqotni davom ettirişga kelişib oldi.