Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Yaponiyaning ITOÇU korporatsiyasi va Deutsçe Bank AG Özbekiston Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengaşi tarkibiga kirdi.
Yangi a’zolarni qabul qiliş töğrisidagi qaror 4 noyabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov raisligida ötkazilgan Kengaş Ijroiya qömitasi yiğilişida qabul qilindi.
Uçraşuv Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi binosida bölib ötdi. Unda, şuningdek, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andi Aranitasi, Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Arayya, Xalqaro moliya korporatsiyasining mintaqaviy rahbari Nil Makkeyn hamda Kengaş kotibiyati rahbari Aziz Ğafurov iştirok etdi.
Yiğiliş iştirokçilari Kotibiyatning 2026 yilning dastlabki ön oyidagi faoliyati töğrisidagi hisobotni körib çiqdi. Xususan, önta idoralararo işçi guruh faoliyati, investorlar taşabbuslarini ilgari suriş, Markaziy Osiyo va Kavkaz investitsiya kengaşlari mintaqaviy alyansini (RAIC-CAC) taşkil etiş, şuningdek, biznes uyuşmalari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Hozirgi vaqtda Kengaş 15 dan ortiq mamlakatning 40 dan ziyod kompaniyasi va moliya institutlarini birlaştirgan.
Yiğilişda 2027 yil oxirigaça möljallangan iş rejasi ham tasdiqlandi. Unga muvofiq, işçi guruhlarning qariyb 70 ta yiğilişini ötkaziş, Kengaşning oraliq sessiyalarini 2026 yil 25 noyabr, 2027 yil 18 may va 23 noyabr kunlari taşkil etiş rejalaştirilgan. Kengaşning beşinçi yalpi sessiyasi esa 2027 yil 14–16 iyun kunlari bölib ötadi.
Bundan taşqari, 2027 yil 9 aprel kuni Toşkentda RAIC-CAC yiğilişini ötkaziş rejalaştirilgan. Kelgusi yil boşida esa Investment Outlook taqdimoti bölib ötişi kutilmoqda.
Kengaşning 2026 yil uçun yillik hisoboti 16 dekabr kuni FIC Year-end Session doirasida taqdim etiladi.
Hujjatga vazirlik tomonidan ötkazilayotgan, xorijiy investitsiyalarning Özbekiston iqtisodiyotiga ta’siri böyiça 1 000 nafardan ortiq respondent iştirokidagi umummilliy sörov natijalarini kiritiş rejalaştirilgan.