Oʻzbekistonda 85 yoshdan oshgan aholi soni 169 ming kishiga yaqinlashdi
Aholi va qishloq xoʻjaligi roʻyxatga olishning dastlabki yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston aholisi soni 39 047 321 kishini tashkil etdi.
Eng koʻp sonli yosh guruhi 0 yoshdan 4 yoshgacha boʻlgan bolalar boʻlib, ular 4 607 149 kishini tashkil etadi. 5 yoshdan 9 yoshgacha boʻlganlar — 3 859 606 kishi, 10 yoshdan 14 yoshgacha boʻlganlar — 3 406 515 kishi. Shunday qilib, 15 yoshgacha boʻlgan bolalar deyarli 11,9 mln kishini yoki mamlakat aholisining qariyb 30 foizini tashkil etadi.
15 yoshdan 59 yoshgacha boʻlgan aholi soni qariyb 23,2 mln kishini tashkil etadi. Ushbu oraliqdagi eng yirik guruhlar — 30–34 yoshdagilar (3 167 974 kishi) va 35–39 yoshdagilar (3 090 226 kishi).
60 yosh va undan katta aholi soni 4 mln kishiga yaqinlashdi, bu aholining qariyb 10 foizini tashkil etadi. Jumladan, 60–64 yoshdagilar 1 471 110 kishini, 65–69 yoshdagilar — 1 174 839 kishini, 70–74 yoshdagilar — 669 046 kishini, 75–79 yoshdagilar — 342 554 kishini, 80–84 yoshdagilar — 130 375 kishini tashkil etadi.
Oʻzbekistonda 85 yosh va undan katta aholi soni 168 973 kishini tashkil etdi.