Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özbekneftgaz” AJ boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov texnogen avariya oqibatlarini bartaraf etiş işlari davom etayotgan Boysundagi «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz koniga taşrif buyurdi.
Taşrif davomida u amalga oşirilayotgan işlar, xorijiy mutaxassislar tomonidan körilayotgan çora-tadbirlar hamda keyingi bosqiçlar rejalari bilan tanişdi. Bu haqda “Özbekneftgaz” axborot xizmati xabar berdi.
Közdan keçiriş yakunlari böyiça mas’ul şaxslarga avariya oqibatlarini bartaraf etiş rejasida nazarda tutilgan qutqaruv quduqlarini burğilaş işlarini 2026 yil oxiriga qadar boşlaş topşirildi.
Işlarning har bir bosqiçi belgilangan muddatlarda, muhandislik-texnik talablar va xavfsizlik me’yorlariga rioya qilgan holda bajarilişi zarurligi ta’kidlandi.
Sanginov kon hududidagi mavjud grifonlarni ham közdan keçirdi. Ularning atrof-muhitga ta’sirini kamaytiriş, ekologik xavfsizlikni ta’minlaş va tabiiy gaz zaxiralaridan samarali foydalaniş ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Işlar Xitoyning CNPC korporatsiyasi tarkibiga kiruvçi CNPC Çuanqing Drilling Engineering Company Limited (CCDC) mutaxassislari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
“Özbekneftgaz”da belgilangan çora-tadbirlarni izçil amalga oşiriş texnogen avariya oqibatlarini töliq bartaraf etiş, konda xavfsizlikni ta’minlaş va tabiiy gaz qazib olişni qayta tiklaş imkonini beradi, deb hisoblaşmoqda.
Buning uçun barça mas’ul bölinmalar va xorijiy hamkorlar faoliyatini muvofiqlaştiriş, rejalaştirilgan tadbirlarni belgilangan muddatlarda yakunlaş közda tutilgan.