Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengaşi 25 noyabr kuni Toşkentda navbatdagi oraliq yiğilişini ötkazdi. Uçraşuvga investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov raislik qildi.
Kengaş iqtisodiyotning 23 ta tarmoğini ifodalovçi 45 ta xalqaro kompaniyani birlaştiradi. Noyabr oyida uning faoliyatiga Yaponiyaning ITOÇU Corporation va Germaniyaning Deutsçe Bank kompaniyalari ham qöşildi.
Iştirokçilar Özbekiston Prezidenti raisligida iyun oyida ötkazilgan Kengaş yiğilişi yakunlari böyiça şakllantirilgan yöl xaritasining bajarilişini körib çiqdi. Şuningdek, 11 ta idoralararo işçi guruhning faoliyati muhokama qilindi.
Muhokamalar markazida investitsiya va soliq qonunçiligining barqarorligi, yerdan foydalaniş, davlat-xususiy şeriklik, energiya ta’minoti hamda biznesning moliyalaştiriş imkoniyatlaridan foydalanişi bilan boğliq masalalar böldi.
Bundan taşqari, investorlar islom moliyasini rivojlantiriş va çiqindilarni qayta işlaş böyiça takliflarini taqdim etdi. Xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş tartib-taomillarini soddalaştiriş masalasi ham alohida muhokama qilindi.
Yiğiliş yakunlari böyiça Kengaş bayonnomasi imzolandi. Xalqaro kompaniyalar tomonidan bildirilgan takliflarni tegişli idoralar bilan birgalikda işlab çiqiş rejalaştirilgan.
Muhokamalar natijalari Kengaşning 2027 yildagi faoliyatining ustuvor yönalişlarini belgilaşda ham inobatga olinadi.