Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — BMB HOLDING Yevroosiyo taraqqiyot banki (YOTB) bilan investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş va xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda BMB HOLDING matbuot xizmati xabar berdi.
BMB HOLDING Ta’sisçilar kengaşi raisi Bekzod Mamatqulovning YOTB boşqaruvi raisi Nikolay Podguzov bilan uçraşuvi 26 noyabr kuni bölib ötdi.
Tomonlar bankning xolding yirik loyihalarini, jumladan, kelgusida amalga oşiriş rejalaştirilgan taşabbuslarni moliyalaştiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Şuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va istiqbolli takliflarni qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilindi.
Iştirokçilar YOTB bilan hamkorlik aloqalarini örnatiş, investitsiya takliflarini birgalikda körib çiqiş hamda tomonlarning salohiyatini hisobga olgan holda loyihalarni tayyorlaş masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
BMB HOLDING ma’lumotlariga köra, YOTB Özbekiston bilan hamkorlikni kengaytirişni ustuvor yönalişlardan biri sifatida körib çiqmoqda. 2027 yilda bank mamlakatdagi loyihalarni moliyalaştiriş uçun kamida 500 million dollar yönaltirişni rejalaştirgan.
Ayni paytda YOTB Özbekistondagi 10 ta istiqbolli loyihani körib çiqmoqda. Ularning umumiy qiymati 1 milliard dollardan oşişi mumkin. 2031 yilga kelib bankning mamlakat iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari umumiy hajmi 3 milliard dollarga yetişi kutilmoqda.
Bank hamkorlikning asosiy yönalişlari sifatida transport va logistika infratuzilmasini rivojlantiriş, suv-energetika barqarorligini ta’minlaş hamda sanoat kooperatsiyasini belgilagan. Şuningdek, raqamlaştiriş, kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş hamda eksport salohiyatini oşiriş ham ustuvor yönalişlar qatoriga kiradi.
Bundan taşqari, tomonlar “yaşil” va islomiy moliyalaştirişni rivojlantiriş imkoniyatlarini ham körib çiqmoqda.
Uçraşuv yakunida iştirokçilar investitsiya takliflarini birgalikda örganiş, istiqbolli loyihalarni moliyalaştiriş imkoniyatlarini baholaş va aniq yönalişlar böyiça hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldi.