Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Iordaniyaning Abu Odeh Bros. Co. kompaniyasi Abu Rayhan çakana savdo tarmoği dökonlarida özbek mahsulotlari uçun maxsus bölimlar oçişga kelişib oldi. Bu haqda Özbekiston Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi xabar berdi.
Kelişuv qömita raisining örinbosari Qurşid Rahmatullayevning Abu Odeh Bros. Co. boşqaruv direktori Anas Abu Odeh bilan uçraşuvida erişildi.
Tomonlar Özbekiston mahsulotlarini Iordaniya bozoriga yetkazib beriş masalalarini muhokama qildi. Iordaniya kompaniyasi quruq mevalar, ayniqsa, mayiz, şuningdek, qandolat mahsulotlari va turli xil gazaklarga qiziqiş bildirdi.
Uçraşuv iştirokçilari ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, eksport va import aloqalarini mustahkamlaş hamda özaro manfaatli savdoni rivojlantiriş istiqbollarini körib çiqdi.
Abu Odeh Bros. Co. kompaniyasi 1997 yilda taşkil etilgan. U oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş, qadoqlaş va distributsiya qilişga ixtisoslaşgan. Kompaniya Fors körfazi mamlakatlari, Yevropa, AQŞ va Kanada bilan işbilarmonlik aloqalarini yölga qöygan.
Erişilgan kelişuvga muvofiq, Abu Odeh Bros. Co. kompaniyasiga tegişli Abu Rayhan savdo tarmoği dökonlarida Made in Uzbekistan brendi ostidagi mahsulotlar uçun alohida savdo bölimlari taşkil etiladi. Iordaniya tomoni özbek işlab çiqaruvçilari mahsulotlarini sotişga ham kömaklaşadi.
Qömita uşbu kelişuv mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining Iordaniya bozoriga çiqişini osonlaştirişi, mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun sotiş imkoniyatlarini kengaytirişi va eksport geografiyasini oşirişga xizmat qilişini kutmoqda.