Dunyo

Afg‘onistonda zilzila: halok bo‘lganlar soni 2 205 nafarga yetdi

Afg‘onistonda zilzila: halok bo‘lganlar soni 2 205 nafarga yetdi
Afg‘onistonda zilzila: halok bo‘lganlar soni 2 205 nafarga yetdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Afg‘onistondagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 2 205 nafarga yetdi, yana 3 640 kishi yaralangan. Bu haqda TASS “Tolibon” harakatining rasmiy vakili Hamdullo Fitratga tayanib xabar berdi.

Hukumat maʼlumotlariga ko‘ra, mutaxassislar qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 sentyabrga o‘tar kechasi magnitudasi 6 bo‘lgan zilzila qayd etilgan edi. Undan keyin magnitudasi 5,2 va 4,7 bo‘lgan ikki marta kuchli silkinsh ham ro‘y berdi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.