Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov Turkiyaning Polat Holding kompaniyasi vakillari bilan raqamli va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Uçraşuv Özbekiston va Turkiya örtasida biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça Oliy kengaşning birinçi yiğilişi doirasida bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Xolding vakillari energetika, köçmas mulk, sanoat va yuqori texnologiyalar sohalaridagi faoliyati haqida ma’lumot berdilar. Şuningdek, amalga oşirilayotgan loyihalar va innovatsion yeçimlar, jumladan, elektron tizimlar hamda zamonaviy texnologik mahsulotlarni işlab çiqiş böyiça tajribalarini taqdim etdilar.
Tomonlar Özbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantiriş, ilğor yeçimlarni joriy etiş va Polat Holding bilan qöşma loyihalarni yölga qöyiş imkoniyatlarini körib çiqdilar.
Şerzod Şermatov kompaniya vakillarini IT Park Uzbekistan‘ga taşrif buyurişga taklif qildi. Taşrif doirasida ularga mamlakatning IT-ekotizimi, mahalliy IT-kompaniyalarning imkoniyatlari hamda xorijiy investorlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişiş taklif etildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar raqamli va yuqori texnologiyalar sohasida Özbekiston va Turkiya örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş, investitsiya imkoniyatlarini örganiş hamda istiqbolli taşabbuslarni amaliy loyihalarga aylantiriş muhimligini ta’kidladilar.