Iqtisod

Özbekiston delegatsiyasi Xitoydagi “Çanszyan” AESga taşrif buyurdi

Özbekiston delegatsiyasi Xitoydagi “Çanszyan” AESga taşrif buyurdi
Özbekiston delegatsiyasi Xitoydagi “Çanszyan” AESga taşrif buyurdi / Foto: Özbekiston Energetika vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Energetika vaziri Şerzod Xöjayev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Xitoyning Xaynan orolida joylaşgan “Çanszyan” atom elektr stansiyasiga taşrif buyurdi. Bu haqda Özbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.

Taşrif davomida Özbekiston vakillari stansiya rahbariyati bilan uçraşib, Xitoyning atom energetikasi sohasidagi işlanmalari bilan tanişdi.

Delegatsiyaga Hualong One reaktori texnologiyasi, şuningdek, ACP100 kiçik modulli reaktori loyihasi taqdim etildi. Vazirlik xabar berişiça, uşbu reaktor tijorat maqsadlarida foydalaniş uçun möljallangan bölib, jahondagi bunday turdagi birinçi loyihaga aylanadi.

Taşrif iştirokçilari AESning markaziy boşqaruv punktida ham böldi. Ularga energiya bloklarini boşqariş, texnologik jarayonlarni monitoring qiliş va yadroviy xavfsizlikni ta’minlaş tizimlari namoyiş etildi.

Muzokaralar davomida tomonlar Özbekiston atom energetikasida Xitoy texnologiyalarini qöllaş istiqbollari, atom elektr stansiyalaridan xavfsiz foydalaniş, kasbiy tajriba almaşiş hamda malakali mutaxassislar tayyorlaş masalalarini muhokama qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.