Ўзбекистон Иқтисод Молия Технологиялар Маданият Спорт Туризм Дунё Media OutReach Newswire
Спорт

Bobokulova va Isroilov Liverpuldagi boks bo‘yicha jahon chempionatida yarim finalga yo‘l olishdi

UzDaily · 12.09.2025 · 23:51 · 456 views
Bobokulova va Isroilov Liverpuldagi boks bo‘yicha jahon chempionatida yarim finalga yo‘l olishdi

Bobokulova va Isroilov Liverpuldagi boks bo‘yicha jahon chempionatida yarim finalga yo‘l olishdi

Тошкент, Ўзбекистон (UzDaily.uz) — Liverpulda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi nomidan uch nafar sportchi chorak final janglarini o‘tkazdi.

48 kg vazn toifasida Sabina Bobokulova italiyalik sportchi Djovanna Marchenini 5:0 hisobida ishonchli mag‘lubiyatga uchratib, turnir yarim finaliga yo‘l oldi.

50 kg vazn toifasida Shodiyyorjon Meliqo‘ziyev yaponiyalik Soushi Makinoga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, chempionatni chorak final bosqichida yakunladi.

85 kg vazn toifasida Akmaljon Isroilov ispaniyalik Rikardo Fresndani 5:0 hisobida ishonchli mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi va jahon birinchiligi medallari uchun kurashni davom ettiradi.

UzDaily · 👁 456 views · 12.09.2025 · 23:51