Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) Özbekistonda maxsus huquqiy rejim — tartibga soliş “qumdoni” doirasida xorijiy qimmatli qoğozlar muomalasi qoidalarini tasdiqladi. Nizom 11 noyabr kuni Adliya vazirligida röyxatdan ötkazildi.
Hujjatda Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi tomonidan hisobga olingan xorijiy aktivlar, şuningdek, ular asosida yaratilgan moliyaviy instrumentlar muomalasini taşkil etiş tartibi belgilangan.
Qoidalar xorijiy fond indekslariga kiritilgan aksiyalar, xorijiy kompaniyalar va davlatlarning obligatsiyalari, birjada savdolanadigan investitsiya fondlari (ETF), indeks fondlarining qimmatli qoğozlari hamda xorijiy kompaniyalarning depozitar tilxatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Bunday aktivlar muomalasini kapital bozoridagi tartibga soliş “qumdoni” iştirokçilari sifatida röyxatdan ötgan brokerlar va boşqa investitsiya vositaçilari taşkil etişi mumkin.
Savdolar “Toşkent” respublika fond birjasi maydonçasida yoki Özbekistondagi investitsiya vositaçisining onlayn platformasi orqali ötkazilişi mumkin. Şuningdek, vositaçilar platformalari orqali xorijiy savdo maydonçalarida xorijiy qimmatli qoğozlar bilan savdo qiliş imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Muomalaga faqat ILMA ma’qullaganidan keyin maxsus reyestrga kiritilgan qimmatli qoğozlarni çiqarişga ruxsat beriladi. Agentlik öz veb-saytida uşbu reyestrni qimmatli qoğozlar va savdo maydonçalari haqidagi ma’lumotlar bilan birga e’lon qilib borişni rejalaştirmoqda.
Reyestrga kiritiş uçun qimmatli qoğoz va uning emitenti tan olingan xorijiy yurisdiksiyada röyxatdan ötgan bölişi kerak.
Bundan taşqari, qimmatli qoğoz aktivlarining umumiy kapitallaşuvi kamida 1 trln dollarni taşkil etuvçi savdo maydonçasida muomalada bölişi lozim.
Xorijiy qimmatli qoğozlar va ular asosida yaratilgan instrumentlar bilan operatsiyalarni faqat malakali investor maqomiga ega bölgan jismoniy va yuridik şaxslar amalga oşirişi mumkin.
Hujjatda xorijiy qimmatli qoğozlarni qarz mablağlari hisobidan sotib oliş taqiqlangan. Yuridik şaxslarga bunday xaridlar uçun konvertatsiyadan foydalaniş ham taqiqlanadi. Biroq ular aktivlarni sotib oliş uçun tovarlar va xizmatlar eksportidan tuşgan valyuta tuşumini yönaltirişlari mumkin.
Xorijiy qimmatli qoğozlar asosidagi moliyaviy instrumentlar bilan bitimlar tuziş uçun investitsiya vositaçilari Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysining agent bankida alohida valyuta hisobvaraqlarini oçişi şart. Uşbu hisobvaraqlarda xaridorlardan kelib tuşgan mablağlar alohida hisobga olinadi.
Jismoniy şaxslar bunday instrumentlarni sotib oliş uçun naqd xorijiy valyutani agent bankning bölim va filiallariga kiritişlari yoki mablağlarni öz hisobvaraqlaridan bevosita vositaçining hisobvarağiga ötkazişlari mumkin. Bunda vositaçilarga öz kassalari yoki notariuslar orqali jismoniy şaxslardan naqd pul qabul qiliş taqiqlanadi.
Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi ham kliring va bitimlar böyiça hisob-kitoblarni amalga oşiriş uçun agent bankda alohida valyuta hisobvarağini oçadi. Agent bank hisobvaraqlardagi mablağlar harakati haqida Markaziy bank va ILMAni xabardor qilişi, transçegaraviy valyuta operatsiyalarini esa ular amalga oşirilganidan keyin bir iş kunidan keçiktirmay FERUz tizimida röyxatdan ötkazişi kerak.
Tartibda moliyaviy instrumentlar böyiça daromadlarni tölaş va ularni söndiriş mexanizmi ham nazarda tutilgan. Xorijiy hisobga oluvçi taşkilot dividendlar, foizlar tölanişi yoki qimmatli qoğozlar söndirilişi haqida Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysiga xabarnoma yuboradi. Uşbu xabarnomalar asosida depozitariy tegişli sanada instrumentlarning röyxatga olingan egalari röyxatini şakllantiradi.
Tölovlar agent bankdagi şaxsiy valyuta hisobvaraqlari orqali amalga oşiriladi. Röyxatga olingan egalar uşbu hisobvaraqlarni Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysining mobil ilovasi orqali boşqarişlari mumkin.
Fond birjasi va investitsiya vositaçilari har oyda ILMAga xorijiy qimmatli qoğozlar bilan amalga oşirilgan operatsiyalar töğrisida hisobot taqdim etişi şart.
Hisobot hujjatlari hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan keçiktirmay topşirilişi lozim.