7
Moliya

Özbekistonda ipoteka qoldiği yil boşidan 14,9 foizga oşdi

Özbekistonda ipoteka qoldiği yil boşidan 14,9 foizga oşdi
Özbekistonda ipoteka qoldiği yil boşidan 14,9 foizga oşdi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 oktyabr holatiga köra, Özbekistonda ipoteka kreditlari qoldiği 91 trillion sömga yetdi. Bu yil boşidagi körsatkiçga nisbatan 14,9 foizga köp. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Hisobot davrida aholiga ajratilgan mikrokreditlar yana-da sezilarli ösib, 22,3 foizga köpaydi va 50 trillion sömni taşkil etdi. Mikroqarzlar qoldiği esa 6,3 foizga oşib, 52 trillion sömga yetdi.

Tijorat banklarining umumiy kredit portfeli yil boşidan buyon 9,1 foizga ösib, 659 trillion sömga yetdi. Jismoniy şaxslarga ajratilgan kreditlar 12,7 foizga köpayib, 248 trillion sömni taşkil qildi.

Yuridik şaxslarga berilgan kreditlar 7 foizga ösib, 411 trillion sömga yetdi. Demak, aholiga ajratilayotgan kreditlar biznesga berilgan kreditlarga nisbatan tezroq ösmoqda.

Avtokreditlar qoldiği 4,3 foizga oşib, 41 trillion sömni, ta’lim kreditlari esa 4,6 foizga ösib, 7 trillion sömni taşkil etdi.

Kredit kartalari va overdraftlar böyiça qarzdorlik 6,5 trillion sömga yetdi. Bu 1 yanvar holatiga nisbatan 47,8 foizga köp.

Iste’mol kreditlari deyarli özgarmadi: ularning qoldiği 0,4 foizga kamayib, 492 milliard sömdan 490 milliard sömga tuşdi.

Yuridik şaxslarning mikrokreditlari qoldiği 23,7 foizga ösib, 18 trillion sömga yetdi. Lizing va faktoring portfeli esa 48,2 foizga köpayib, qariyb 6 trillion sömni taşkil qildi.

Kredit taşkilotlari hisoblanmaydigan yuridik şaxslarga berilgan kreditlar 6,3 foizga ösdi. Ularning qoldiği 359 777 milliard sömdan 382 516 milliard sömga yetdi.

Banklararo kreditlar hajmi 62,4 foizga oşib, 653 milliard sömdan 1 060 milliard sömga kötarildi.

Sindikatlaştirilgan kreditlar esa, aksinça, 30,9 foizga qisqardi. Ularning qoldiği 4 768 milliard sömdan 3 293 milliard sömga kamaydi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.