Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Gruziya fitosanitariya, veterinariya hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş niyatida. Bu haqda Özbekiston Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi xabar berdi.
Qömita raisi Azizbek Urunov Gruziya atrof-muhitni muhofaza qiliş va qişloq xöjaligi vaziri David Songulaşvili bilan uçraşdi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, qişloq xöjaligi mahsulotlarining özaro yetkazib beriş hajmini oşiriş, şuningdek, veterinariya va fitosanitariya sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalarini muhokama qildi.
Uçraşuvda qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosini kengaytiriş uçun zarur bölgan fitosanitariya talablarini özaro muvofiqlaştirişga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar davomida Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni doirasida milliy sanitariya va fitosanitariya talablarini xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş borasida amalga oşirayotgan işlari ham körib çiqildi.
Jumladan, «Alimentarius kodeksi» standartlarini, Jahon hayvonlar soğliğini saqlaş taşkiloti tavsiyalarini hamda Ösimliklar karantini va himoyasi böyiça xalqaro konvensiya talablarini joriy etiş masalalari muhokama qilindi.
Xabarda ta’kidlanişiça, 2026 yil 2–3 iyul kunlari Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat taşrifi doirasida tomonlar strategik şeriklik örnatiş töğrisidagi deklaratsiyani imzolagan va qişloq xöjaligi sohasida hamkorlik töğrisidagi memorandumni qabul qilgan.
Uşbu hujjatlarda ösimliklar salomatligini muhofaza qiliş, veterinariya xizmatlari, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, çorvaçilikni rivojlantiriş va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş ustuvor yönalişlar sifatida belgilangan.
Uçraşuv yakunida tomonlar özaro işonç va oçiq muloqot asosida hamkorlikni mustahkamlaş, erişilgan kelişuvlar böyiça amaliy natijalarga erişiş hamda qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosi uçun qulay şaroitlar yaratişga kelişib oldi.