Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston elektr transportini rivojlantiriş böyiça xalqaro reytingda 19-örinni egalladi. Reyting Kept konsalting kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.
2024 yilda ötkazilgan avvalgi tadqiqot bilan taqqoslaganda, elektromobillar va gibrid avtomobillar işlab çiqariş hajmi kengayganiga qaramay, respublika beş poğona pastladi.
2026 yilgi reytingdan 30 ta davlat örin olgan. Ekspertlar elektromobillar parki hajmi, zaryadlaş infratuzilmasining mavjudligi, davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari va boşqa körsatkiçlarni hisobga olgan. Tadqiqot 2026 yil iyul oyi holatidagi ma’lumotlarga asoslangan.
Kept baholariga köra, Özbekistonda 50 mingdan 100 mingtagaça elektromobildan foydalanilmoqda. Uşbu körsatkiç böyiça mamlakat Rossiya va Malayziya bilan bir guruhdan joy olgan. Qozoğistonda elektromobillar parki 30–50 ming donaga baholangan.
Özbekiston bozorini rivojlantirişdagi asosiy tösiqlardan biri zaryadlaş infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganidir. Uşbu mezon böyiça respublika mumkin bölgan 20 balldan 2 ball olgan. Qozoğiston esa birorta ham ball töplay olmagan.
Şu bilan birga, Özbekiston elektr va gibrid avtomobillar işlab çiqarişni rivojlantiriş böyiça Markaziy Osiyodagi yetakçi mavqeini saqlab qolmoqda. Tadqiqotga köra, Xitoyning BYD va Leapmotor kompaniyalari loyihalari yiliga jami 70 mingtagaça avtomobil işlab çiqariş quvvatini nazarda tutadi.
BYD kompaniyasi ham 2030 yilga qadar Özbekistondagi işlab çiqariş quvvatini yiliga 200 mingta avtomobilga yetkazişni rejalaştirmoqda.
Kept ekspertlari sohaning rivojlanişiga tösqinlik qilayotgan omillar qatorida akkumulyator batareyalarini mahalliy işlab çiqariş yölga qöyilmagani, elektr jamoat transporti işlab çiqariş yetarli darajada rivojlanmagani va bozorni davlat tomonidan rağbatlantiriş çoralari çeklanganini qayd etgan.
Reytingda 78 ball töplagan Xitoy birinçi örinni egalladi. Janubiy Koreya 69 ball bilan ikkinçi, Germaniya esa 67 ball bilan uçinçi örindan joy oldi. Yetakçi beşlikka, şuningdek, Hindiston (66 ball) va AQŞ (65 ball) kirdi.
Qozoğiston 40 ball bilan 18-örinni egallab, Özbekistondan bir poğona yuqorida qayd etildi.
Avvalroq, 2025 yil yakunlariga köra, Özbekiston Yevrosiyo mintaqasidagi elektromobillar savdosining qariyb yarmini ta’minlagani va mintaqada elektr transportining eng yirik bozoriga aylangani xabar qilingan edi.