Iqtisod

Yandex Özbekistonda Market Yandex Go servisini yopadi

Yandex Özbekistonda Market Yandex Go servisini yopadi
Yandex Özbekistonda Market Yandex Go servisini yopadi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Yandex Uzbekistan kompaniyasi Özbekistonda Market Yandex Go servisining faoliyatini töxtatişni rejalaştirmoqda.

Tovarlarni uzoqroq muddatda yetkazib beriş şarti bilan buyurtma qiliş imkonini beruvçi vitrina 10 noyabrga qadar işlaydi. Şundan söng kompaniya Lavka va “Magazinlar” servisi orqali tezkor yetkazib beriş xizmatini rivojlantirişga e’tibor qaratadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Şu bilan birga, foydalanuvçilar Yandex Go orqali oziq-ovqat mahsulotlari, elektronika, kosmetika, uy-rözğor buyumlari va boşqa toifadagi tovarlarga buyurtma berişda davom etişlari mumkin. Yetkazib beriş tezkor formatda, 15 daqiqadan boşlab amalga oşiriladi.

Market vitrinasi orqali 10 noyabrga qadar rasmiylaştirilgan barça buyurtmalar kompaniya tomonidan qayta işlanişi va xaridorlarga yetkazib berilişi va’da qilinmoqda.

Qöllab-quvvatlaş xizmati buyurtmalar va platforma bilan işlaş masalalari böyiça foydalançilar hamda hamkorlarga maslahat berişda davom etadi.

Ekspress-dostavka formatiga ötişdan manfaatdor Market hamkorlariga Yandex Lavka yoki “Magazinlar” servisi bilan hamkorlik qiliş imkoniyatini körib çiqişni taklif qilmoqda. Kompaniya ma’lumotlariga köra, har ikki yönalişdagi buyurtmalar soni 2025 yilga nisbatan uç baravarga oşgan.

2024 yil kuzida Özbekistonda işga tuşirilganidan buyon Lavka tarmoği 10 ta darkstorgaça kengaydi. Servis öz savdo markalari ostida 100 dan ortiq turdagi mahsulotni taklif qiladi.

“Magazinlar” servisi hamkorlari soni esa şu davrda qariyb ikki baravarga köpayib, 500 taga yetdi.

Yandex 2024 yil dekabr oyida Özbekistonda Yandex Market tovar belgisini röyxatdan ötkaziş uçun arizalar topşirgan. Kompaniya muqobil nom sifatida Market Yandex Go nomini ham taqdim etgan.

2025 yil mart oyida marketpleysni Özbekistonda aprel oyidan işga tuşiriş rejalari haqida xabar berilgan edi. Uning faoliyatini yölga qöyiş uçun kompaniya Toşkent viloyatining Zangiota tumanida 9 ming kvadrat metr maydonga ega omborxona qurgan.

2025 yil aprel oyida Market Yandex Go mamlakatda öz faoliyatini boşladi.

Dastlab servis Toşkent şahri va Toşkent viloyatining ayrim hududlari aholisi uçun mavjud bölgan. Öşa yilning yozida esa uning faoliyat geografiyasi töqqizta hududgaça kengaytirilgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.