Shoshilinch
Iqtisod

UzAuto Motors Cobalt va Damas avtomobillarini to'lov rejasi asosida sotishni boshladi

UzAuto Motors Cobalt va Damas avtomobillarini to'lov rejasi asosida sotishni boshladi
UzAuto Motors Cobalt va Damas avtomobillarini to'lov rejasi asosida sotishni boshladi / Foto: UzAuto Motors.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — UzAuto Motors 7 oktyabrdan boshlab Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillariga banklar ishtirokisiz bo‘lib to‘lash asosida buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Avtomobillarni bo‘lib to‘lash shartlarida Chevrolet‘ning rasmiy dilerlik markazlari orqali xarid qilish mumkin.

Chevrolet Cobalt uchun avtomobil qiymatining 50 foizi miqdorida boshlang‘ich to‘lov nazarda tutilgan, bo‘lib to‘lash muddati esa 24 oyni tashkil etadi.

GX-STYLE AT PLUS (MCM) komplektatsiyasining qiymati 156,1 mln so‘mni tashkil etadi. Boshlang‘ich to‘lov 78,05 mln so‘m, oylik to‘lov esa 3 252 083 so‘mni tashkil qiladi.

GX-MIDNIGHT AT (MCM) komplektatsiyasi 165,2 mln so‘m turadi. 82,6 mln so‘m miqdoridagi boshlang‘ich to‘lovda oylik to‘lov 3 441 667 so‘mni tashkil etadi.

Damas-2 avtomobillari uchun 30 foiz miqdorida boshlang‘ich to‘lov belgilangan, bo‘lib to‘lash muddati esa 30 oyni tashkil qiladi.

D2 STYLE PLUS komplektatsiyasining qiymati 96,932 mln so‘mni tashkil etadi. Boshlang‘ich to‘lov 29,0796 mln so‘m, oylik to‘lov esa 2 261 747 so‘mni tashkil qiladi.

D3 STYLE komplektatsiyasi 96,449 mln so‘m turadi. Boshlang‘ich to‘lov 28,9347 mln so‘mni, oylik to‘lov esa 2 250 477 so‘mni tashkil etadi.

D11 STYLE komplektatsiyasining qiymati 93,156 mln so‘mni tashkil qiladi. Boshlang‘ich to‘lov 27,9468 mln so‘m, oylik to‘lov esa 2 173 640 so‘mni tashkil etadi.

Xaridni rasmiylashtirish uchun eng yaqin Chevrolet dilerlik markaziga murojaat qilish va avtomobilning mos komplektatsiyasini tanlash zarur.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.