Moliya

Toshkent xalqaro moliya markazi WAIFC aʼzosiga aylandi

Toshkent xalqaro moliya markazi WAIFC aʼzosiga aylandi
Toshkent xalqaro moliya markazi WAIFC aʼzosiga aylandi / Foto: Toshkent xalqaro moliya markazi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 15 sentyabr kuni Pusan shahrida Jahon xalqaro moliya markazlari alyansi (WAIFC) Kengashi Toshkent xalqaro moliya markazini tashkilotning to‘laqonli aʼzosi sifatida qabul qildi. Bu haqda Toshkent xalqaro moliya markazi xabar berdi.

WAIFC London, Frankfurt, Lyuksemburg, Dubay, Gonkong, Pusan va Ostona kabi yetakchi moliya markazlarini birlashtiradi.

Toshkent 2022 yildan buyon Alyans faoliyatida ishtirok etib kelmoqda va avval kuzatuvchi maqomiga ega edi.

To‘laqonli aʼzolik moliyaviy tartibga solish, investorlar huquqlarini himoya qilish va zamonaviy moliyaviy instrumentlarni rivojlantirish sohasidagi xalqaro amaliyotlardan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, Toshkent xalqaro moliya markazi WAIFCning qo‘shma tadqiqotlari va ekspertlik dasturlarida ishtirok etishi mumkin.

Toshkent xalqaro moliya markazi uchun Alyansga aʼzolik uning rasmiy ishga tushirilishidan oldingi birinchi xalqaro eʼtirof bo‘ldi.

WAIFCga qo‘shilish O‘zbekistonning yangi moliyaviy platformasiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va uni global moliya hamjamiyatiga yana-da integratsiya qilishga ham qaratilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.