Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentning uçta tumanida hayvonlarning noma’lum sabablarga köra nobud böliş holatlari kuzatilganidan söng veterinariya-epizootik nazorat kuçaytirildi. Bu haqda Özbekiston Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi xabar berdi.
Poytaxtning Uçtepa, Çilonzor va Mirzo Uluğbek tumanlarida tezkor çoralar körildi. Ularning maqsadi hayvonlar orasida kasalliklar tarqalişining ehtimoliy xavfini bartaraf etişdan iborat.
Vaziyatni joylarda örganiş uçun oltita işçi guruh tuzildi. Ularning tarkibiga 16 nafar mutaxassis kiritildi.
Tumanlardagi 85 ta fuqarolar yiğini, maktablar va maktabgaça ta’lim taşkilotlari rahbarlari bilan hamkorlikda tuşuntiriş hamda axborot-ma’rifiy tadbirlar ötkazildi.
Nobud bölgan hayvonlar aniqlangan joylar va ularga tutaş hududlarda dezinfeksiya işlari amalga oşirildi. Işlov berilgan maydonning umumiy hajmi 2230 kvadrat metrni taşkil etdi.
Laboratoriya tekşiruvlari natijalariga köra, mikroskopik tahlil davomida yuqumli kasalliklar qözğatuvçilari aniqlanmagan.
Hozirda körsatilgan tumanlarda epizootik vaziyat ustidan nazorat kuçaytirilgan. Qarovsiz hayvonlar va quşlarning nobud böliş holatlarini aniqlaş, şuningdek, fuqarolar murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni kuzatiş işlari davom etmoqda.
Qömita aholini hayvonlarning nobud bölişi holatlari va ular salomatligidagi har qanday şubhali özgarişlar haqida hududiy inspeksiyalarga xabar berişga çaqirdi.