Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda Rossiyaning «Kurçatov instituti» Milliy tadqiqot markazi filiali taşkil etiladi. Bu haqdagi Özbekiston Respublikasi Hukumatining 2026 yil 25 noyabrdagi 643-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi Federal davlat byudjet muassasasi — «Kurçatov instituti» Milliy tadqiqot markazining filiali Özbekiston poytaxtida faoliyat yuritadi.
Filial faoliyatining asosiy yönalişlaridan biri ikki mamlakatning ilmiy-texnologik rivojlanişidagi ustuvor yönalişlar böyiça qöşma ilmiy tadqiqotlar ötkazişda hamkorlikni taşkil etişdan iborat böladi. Ular qatoriga materialşunoslik, atom energetikasi, bioiktisodiyot, yadro tibbiyoti va radiologiya, şuningdek, kvant texnologiyalari kiradi.
Şuningdek, Özbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi hamda Ilğor texnologiyalar markazi bilan biotexnologiyalar va genom texnologiyalari sohasida qöşma tadqiqotlar ötkaziş ham nazarda tutilgan.
Filial negizida yadro texnologiyalari, kvant fizikasi va radiobiologiya yönalişlari böyiça oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlaş tizimini yölga qöyiş rejalaştirilgan.
Iqtidorli talabalar, doktorantlar va yoş olimlar uçun Rossiyadagi boş taşkilotning yetakçi laboratoriyalarida qisqa va uzoq muddatli ilmiy stajirovkalar taşkil etiladi. Har yili bunday dasturlarda kamida 10 nafar kişi iştirok etişi belgilangan.
Bundan taşqari, filial doktorantlari va mustaqil izlanuvçilari uçun özbekistonlik hamda xorijiy olimlar iştirokida qöşma ilmiy rahbarlik (co-tutelle) tizimini joriy etiş nazarda tutilgan.