Özbekiston

Özbekistonda 98 tonna suyultirilgan gaz talon-toroj qilinişiga yöl qöyilmadi

Özbekistonda 98 tonna suyultirilgan gaz talon-toroj qilinişiga yöl qöyilmadi
Özbekistonda 98 tonna suyultirilgan gaz talon-toroj qilinişiga yöl qöyilmadi / Foto: Özbekiston Içki işlar vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda suyultirilgan gazni hisobga oliş va taqsimlaşning belgilangan tartibini çetlab ötişga qaratilgan 409 ta urinişning oldi olindi.

Natijada 9,5 mingdan ortiq gaz balloni va ulardagi 98,3 tonna yoqilğining talon-toroj qilinişiga yöl qöyilmadi. Bu haqda Içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

20 oktyabrdan boşlab IIV kuz-qiş mavsumida aholiga suyultirilgan gazni öz vaqtida va xavfsiz yetkazib beriş jarayonini nazorat qilmoqda.

Nazoratni kuçaytiriş maqsadida barça gaz taqsimlaş stansiyalari va punktlari zamonaviy videokuzatuv kameralari bilan jihozlandi.

Uşbu kameralar Qöriqlaş departamentining boşqaruv markaziga ulandi. Şuningdek, obyektlarda qöriqlaş naryadlarining navbatçiligi taşkil etildi.

Qöriqlaş xizmati xodimlari töldirilgan gaz ballonlarini taşuvçi ixtisoslaştirilgan avtomobillarga hamrohlik qilmoqda.

Yoqilğini taqsimlaş mahallaning “yettiligi” va qöriqlaş xizmati xodimlari nazorati ostida elektron hisobga oliş tizimi orqali amalga oşirilmoqda.

Körilgan çoralarga qaramay, hisobga oliş va taqsimlaşning belgilangan tizimini çetlab ötişga qaratilgan yuzlab urinişlar aniqlandi. IIV ma’lumotlariga köra, buning natijasida 9,5 mingdan ortiq gaz balloni va ulardagi 98,3 tonna suyultirilgan gaz talon-toroj qilinişining oldi olindi.

Aniqlangan qoidabuzarliklarga aloqador bir qator mansabdor şaxslar va xodimlarga nisbatan qonunçilikda belgilangan çoralar körildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.