Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda xorijiy avtotransport vositalarining mamlakat hududida böliş muddatini 90 kundan 180 kungaça uzaytiriş taklif etildi. Şuningdek, bojxona tölovlarini keçiktirib tölaş muddatini 60 kundan 120 kungaça uzaytiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi xabar berdi.
Tegişli qonun loyihasi deputatlar tomonidan körib çiqilib, birinçi öqişda qabul qilindi.
Hujjatda bojxona tölovlarini keçiktirib yoki bölib-bölib tölaşda foizlarni hisoblaş tartibini özgartiriş ham nazarda tutilgan. Bunda qöllaniladigan foiz stavkalarini Markaziy bankning qayta moliyalaş stavkasiga tenglaştiriş taklif etilmoqda.
Bundan taşqari, qonun loyihasi tadbirkorlar uçun boş ta’minot miqdorini kamaytiriş mexanizmlarini ham öz içiga oladi.
Özgarişlar «Yagona darça» bojxona axborot tizimiga ham taalluqli böladi. Uşbu tizim orqali litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari doirasida arizalar hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlarni taqdim etiş imkoniyatlarini kengaytiriş rejalaştirilmoqda.
Qonunçilik palatasi ma’lumotiga köra, taklif etilayotgan çoralar taşqi savdodagi ma’muriy tartib-taomillarni qisqartiriş, tadbirkorlarning moliyaviy yukini kamaytiriş, şuningdek, bojxona xizmatlarining şaffofligi va tezkorligini oşirişga qaratilgan.