Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Irgaşev 19 noyabr kuni Germaniya Taşqi işlar vazirligi Osiyo va Tinç okeani mintaqasi departamenti boş direktori Frank Hartmann bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar Afğonistondagi joriy vaziyat yuzasidan fikr almaşib, Afğoniston yönalişidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Uçraşuv iştirokçilari xalqaro hamjamiyatning Afğoniston xalqiga gumanitar yordam körsatiş va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanişiga kömaklaşiş borasidagi sa’y-harakatlarini birlaştiriş masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Germaniya vakili Özbekistonning Afğonistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy va infratuzilma jarayonlariga jalb etişga qaratilgan taşabbuslarini yuqori baholadi.
Uçraşuv yakunida tomonlar Afğoniston muammosini hal etiş masalalari böyiça muntazam muloqotni davom ettirişdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. Şuningdek, muntazam maslahatlaşuvlar ötkazişga kelişib oldi.