TBC Uzbekistan TBC Biznes imkoniyatlarini kengaytirib, to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirmoqda
TBC Uzbekistan TBC Biznes imkoniyatlarini kengaytirib, to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirmoqda
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi bo‘lgan TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun mo‘ljallangan, O‘zbekistondagi ilk to‘liq raqamli bank xizmatlaridan biri — TBC Biznes’da ish haqi loyihasi ishga tushirilganini e’lon qiladi.
TBC Biznes 2024-yil dekabr oyida veb-platforma sifatida ishga tushirilgan. Xizmat yo‘lga qo‘yilganidan buyon unga 30 mingdan ortiq tadbirkor qo‘shilgan. 2025-yilda TBC Biznes’da 300 million so‘mgacha bo‘lgan onlayn biznes kreditlarini rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. 2026-yilda esa xizmatning mobil ilovasi ishga tushirilib, kredit limiti 600 million so‘mgacha oshirildi.
Endilikda tadbirkorlar TBC Biznes’da ish haqi loyihasini bankka bormasdan, to‘liq onlayn tarzda ulashlari mumkin. Ish haqi loyihasi ulanganidan so‘ng yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar TBC Biznes interfeysi orqali barcha xodimlarining ish haqini TBC Salom kartalariga bir vaqtning o‘zida o‘tkazishlari mumkin.
Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan: “Biz kichik va o‘rta biznes uchun kundalik moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirishga intilamiz, shunda tadbirkorlar asosiy e’tiborini o‘z biznesini rivojlantirishga qaratishi mumkin. Biz xodimlarga kecha-yu kunduz va kompaniya uchun qo‘shimcha xarajatlarsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi to‘liq raqamli vositani yaratdik. Shu bilan birga, xizmat ham ish beruvchilar, ham yakuniy foydalanuvchilar — xodimlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan”.
Ish haqi loyihasining asosiy afzalliklari — bankka bormasdan to‘liq onlayn ulanish, ish haqi to‘lovlari uchun komissiyaning yo‘qligi hamda xodimlarga ish haqini dam olish va bayram kunlari ham kunning istalgan paytida o‘tkazish imkoniyatidir.
Ish haqi xodimlarning kartalariga bir zumda o‘tkaziladi. Jarayonning avtomatlashtirilishi buxgalteriya yuklamasini kamaytirib, qo‘lda bajariladigan ishlar hajmini qisqartiradi va to‘lovlarni boshqarishni yanada qulay qiladi.
Ish haqi loyihasiga ulangan kompaniyalar xodimlari uchun ham qator afzalliklar mavjud. Ular TBC Salom`ni bankka bormasdan rasmiylashtirishlari va kartaning bonuslarini olishlari mumkin.
Ish haqi loyihasining ishga tushirilishi TBC Uzbekistan ekotizimini izchil rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Avvalroq bank TBC Osmon kredit kartasini, TBC Biznes’da kichik va o‘rta biznes uchun onlayn kreditlash xizmatini, TBC Sug‘urta raqamli sug‘urta kompaniyasini ishga tushirgan, shuningdek, O‘zbekiston hududidagi norezidentlar uchun ham bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratgan edi. Ushbu xizmatlar jismoniy shaxslar va biznes uchun yagona raqamli ekotizimni shakllantiradi.
Tariflar, cheklovlar va kompleks bank xizmatlarining umumiy shartlari bilan quyidagi saytda tanishish mumkin: https://tbcbank.uz/business