Iqtisod

Sanoat kooperatsiyasi agentligi xodimlari Xitoyda sunʼiy intellekt va raqamlashtirishni o‘rgandi

Sanoat kooperatsiyasi agentligi xodimlari Xitoyda sunʼiy intellekt va raqamlashtirishni o‘rgandi
Sanoat kooperatsiyasi agentligi xodimlari Xitoyda sunʼiy intellekt va raqamlashtirishni o‘rgandi / Foto: O'zbekiston Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi xodimlari Uxan va Shanxay shaharlarida tashkil etilgan sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlarga bag‘ishlangan xalqaro seminarlar hamda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Bu haqda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi xabar berdi.

Tadbirlar doirasida ishtirokchilar davlat boshqaruvi va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda sunʼiy intellektdan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rgandi.

Davlat xaridlari sohasida raqamli transformatsiya, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, boshqaruvning yangi yondashuvlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Dastur doirasida Xitoyning iqtisodiy va sanoat rivojlanishi, hududiy boshqaruv, qulay biznes muhitini shakllantirish, xalqaro hamkorlik va davlat boshqaruvining zamonaviy usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, fikr almashildi.

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, seminarlarda ishtirok etish xodimlarga sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini kengaytirish, shuningdek, innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha xorijiy yondashuvlarni o‘rganish imkonini beradi.

Olingan tajribani davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi sohalaridagi jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqishda inobatga olish rejalashtirilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.