Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 6 noyabr kuni Samarqandda 24 ta davlatdan maxsus xizmatlar va xalqaro taşkilotlarning 180 nafardan ortiq vakili iştirok etgan «Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus» birinçi ekspert muloqoti yakunlandi.
Iştirokçilar raqamli transformatsiya va yangi texnologiyalarning tarqalişi şaroitida terrorizm hamda ekstremizmga qarşi kuraşiş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Şanxay hamkorlik taşkiloti matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda ŞHTga a’zo davlatlar, kuzatuvçi mamlakatlar va muloqot böyiça hamkorlar, şuningdek, beşta xalqaro taşkilot vakillaridan iborat 33 ta delegatsiya iştirok etdi.
Uçraşuv «Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş» mavzusiga bağişlandi. Muloqot yalpi majlis şaklida ötkazildi.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirokçilarga yöllagan murojaatida axborot xavfsizligi, muhim infratuzilmani himoya qiliş va davlatlarning buzğunçi ta’sirning yangi şakllariga nisbatan barqarorligini oşiriş muhimligini ta’kidladi.
Uning baholaşiça, raqamli texnologiyalar taraqqiyot uçun qöşimça imkoniyatlar yaratmoqda, ayni paytda esa birgalikda çora körişni talab etadigan yangi zaif nuqtalarni ham yuzaga keltirmoqda.
Majlis davomida delegatsiyalar vakillari terrorçilik faoliyatiga qarşi kuraşiş böyiça milliy tajribalarni körib çiqdi, xalqaro hamkorlik mexanizmlari hamda raqamli makonda ekstremizm va radikalizm tarqalişining oldini oliş vositalarini muhokama qildi.
Iştirokçilar sun’iy intellekt, raqamli platformalar va boşqa texnologik vositalardan terrorçilik tarğibotini tarqatiş, tarafdorlarni yollaş hamda qonunga xilof faoliyatni muvofiqlaştiriş maqsadida ehtimoliy foydalaniş masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Iştirokçilar «ŞHT plyus» formati ekspert yondaşuvlarini yaqinlaştiriş, amaliy tajriba almaşiş va xavfsizlik masalalari böyiça qöşma tavsiyalar işlab çiqiş uçun imkoniyat yaratişini ta’kidladi.
Uçraşuv yakunida delegatsiyalar rahbarlari Qöşma kommyunike qabul qildi.
Hujjatda yangi texnologiyalarning terrorçilik tahdidlari xususiyatiga ta’sirini örganiş, samarali profilaktika amaliyotlari böyiça şarhlar tayyorlaş, şuningdek, mavzuli seminarlar va malaka oşiriş dasturlarini taşkil etiş taklif qilindi.