Özbekiston

Qarşida 360 örinli boğça qurilib, maktab ta’mirlanadi

Qarşida 360 örinli boğça qurilib, maktab ta’mirlanadi
Qarşida 360 örinli boğça qurilib, maktab ta’mirlanadi / Foto: Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Qarşi şahrida 360 örinli yangi maktabgaça ta’lim taşkilotini quriş va 43-sonli maktabni töliq ta’mirlaş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Özbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva şahardagi ta’lim muassasalariga taşrifi yakunlari böyiça ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, 1-sonli boğça binosi avariya holatida, 43-sonli maktabda esa isitiş tizimi bilan boğliq muammolarni hal qiliş va eskirgan mebellarni yangilaş zarur.

Mavjud boğça örnida 360 nafar tarbiyalanuvçiga möljallangan yangi bino quriş rejalaştirilgan.

43-sonli maktabni töliq rekonstruksiya qiliş va zamonaviy öquv laboratoriyalari bilan jihozlaş közda tutilgan. Şuningdek, ijodiy tögaraklar faoliyati uçun şaroit yaratiş hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalar uçun inklyuziv ta’lim muhitini ta’minlaş rejalaştirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva taşrif davomida yangi Qaşqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikunida ham bölib, u yerda yoş mutaxassislarni tayyorlaş uçun yaratilgan ta’lim şaroitlari bilan tanişdi.

Uning ta’kidlaşiça, asosiy vazifa bolalarning maktabgaça ta’limdan tortib kasb-hunar egallagunga qadar bölgan barça bosqiçlarda munosib şaroitlarda rivojlanişi va ta’lim olişini ta’minlaşdan iborat.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.