O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 63,7 mlrd dollargacha qisqardi

UzDaily tahririyati · 07.07.2026 · 21:35 · 30 views
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 63,7 mlrd dollargacha qisqardi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 63,7 mlrd dollargacha qisqardi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 2026 yil iyul oyi boshida 63,7 mlrd dollargacha qisqardi. Bir oy ichida zaxiralar hajmi 6,8 mlrd dollardan ortiqqa kamaygan. Bu haqda respublika Markaziy bankining Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) formatida tayyorlangan hisoboti maʼlumotlarida keltirilgan.

Zaxiralarning asosiy qismini — 87,5 foizini oltin tashkil etadi. Iyul oyida uning qiymati iyundagi 61,4 mlrd dollardan 55,8 mlrd dollargacha pasaygan. Shu tariqa, qiymat jihatidan taxminan 5,7 mlrd dollarlik kamayish qayd etilgan.

Shu bilan birga, oltinning jismoniy hajmi o‘sishda davom etdi. Iyul oyi yakunlariga ko‘ra, u 13,88 mln troy unsiyasiga yetdi. Bir oy avval bu ko‘rsatkich 13,60 mln troy unsiyasini tashkil etgan edi. Bu esa qiymatning pasayishi jahon bozoridagi narxlar o‘zgarishi bilan bog‘liq ekanini va Markaziy bank oltin zaxiralarini ko‘paytirishda davom etayotganini ko‘rsatadi.

Zaxiralarning valyuta qismi 7,4 mlrd dollarni tashkil etib, iyun oyiga nisbatan 1,1 mlrd dollarga qisqardi.

Valyuta portfeli tarkibida ham tarkibiy o‘zgarish kuzatildi. Xorijiy banklardagi depozitlar qoldig‘i hisobot davri boshidagi 8,8 mlrd dollardan 2026 yil iyulida 3,4 mlrd dollargacha kamaygan. Ayni paytda qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan investitsiyalar 2,9 mlrd dollargacha oshgan. Bu regulyator qisqa muddatli depozitlarni bosqichma-bosqich uzoq muddatli moliyaviy instrumentlar bilan almashtirayotganini ko‘rsatadi.