O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda Xitoy delegatsiyasi bilan farmatsevtika klasteri investitsiyaviy salohiyati muhokama qilindi

UzDaily · 10.02.2026 · 16:15 · 624 views
O‘zbekistonda Xitoy delegatsiyasi bilan farmatsevtika klasteri investitsiyaviy salohiyati muhokama qilindi

O‘zbekistonda Xitoy delegatsiyasi bilan farmatsevtika klasteri investitsiyaviy salohiyati muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Xitoyning "QingDa Vision Group" kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, klasterni bosqichma-bosqich rivojlantirish rejalari hamda farmatsevtika sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, investitsion salohiyat taqdimoti doirasida O‘zbekistondagi amaldagi qonunchilik, soliq imtiyozlari hamda “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri hududida yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish va muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.