Sport

O‘zbekiston U-16 Qozog‘iston U-17 bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston U-16 Qozog‘iston U-17 bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston U-16 Qozog‘iston U-17 bilan durang o‘ynadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Ayder Qurboyev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-16 ikkinchi uchrashuvda ham Qozog‘iston U-17 terma jamoasi bilan durang o‘ynadi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlandi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Yahyo Baxtiyorov ikki marta gol urdi. Yana bir golga jamoa sardori Azizillo Erkinjonov mualliflik qildi.

Uchrashuv durang bilan yakunlangani sababli asosiy vaqtdan so‘ng penaltilar seriyasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuv ham durang bilan yakunlangan — 4:4. Shu tariqa, Ayder Qurboyev boshchiligidagi har ikki uchrashuvning asosiy vaqti bir xil natija bilan yakunlandi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.