O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida Iordaniya, Bahrayn va KXDR bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida Iordaniya, Bahrayn va KXDR bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida Iordaniya, Bahrayn va KXDR bilan o‘ynaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi OFK Osiyo kubogi — AFC Asian Cup Saudi Arabia 2027™ guruh bosqichidagi raqiblarini bilib oldi. 10 may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan qurʼa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi V guruhidan joy oldi va Iordaniya, Bahrayn hamda KXDR terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Turnirning final bosqichi ilk bor Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi. Osiyo kubogi uchrashuvlari 2027 yil 7 yanvar kuni start oladi, final esa 5 fevral kuni Ar-Riyoddagi King Fahd Sports City Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi.

Turnir nizomiga ko‘ra, har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa hamda uchinchi o‘rinni egallagan to‘rtta eng yaxshi terma jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi. 1/8 final uchrashuvlari 22–25 yanvar kunlari, chorak finallar 28 va 29 yanvar, yarim finallar esa 1 va 2 fevral kunlari o‘tkaziladi.

A guruhidan Saudiya Arabistoni, Quvayt, Ummon va Falastin o‘rin olgan. S guruhida Eron, Suriya, Qirg‘iziston va Xitoy jamoalari ishtirok etadi. D guruhida Avstraliya, Tojikiston, Iroq va Singapur terma jamoalari bahs olib boradi.

E guruhida Janubiy Koreya, BAA, Vyetnam hamda Livan — Yaman o‘rtasidagi pley-off g‘olibi ishtirok etadi. F guruhidan Yaponiya, Qatar, Tailand va Indoneziya joy olgan.

Taqvimga muvofiq, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichi uchrashuvlarini Jidda, El-Xubar va Ar-Riyod shaharlarida o‘tkazadi.

1-tur | 2027 yil 8 yanvar

O‘zbekiston — Iordaniya

Stadion: King Abdullah Sports City Stadium, Jidda.

2-tur | 2027 yil 13 yanvar

KXDR — O‘zbekiston

Stadion: Aramco Stadium, El-Xubar.

3-tur | 2027 yil 18 yanvar

O‘zbekiston — Bahrayn

Stadion: King Saud University Stadium, Ar-Riyod.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling