Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt bölgan quyoş elektr stansiyasi va energiya saqlaş tizimi qurildi. Ular “Navoiazot” AJni qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan olinadigan elektr energiyasi bilan töğridan-töğri ta’minlaş uçun möljallangan.
Qiymati 220 mln dollar bölgan loyiha Xitoyning Sinoma kompaniyasi tomonidan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oşirildi. Obyekt tarkibiga quvvati 300 MVt bölgan fotoelektr stansiyasi hamda quvvati 75 MVt va siğimi 75 MVt·soat bölgan energiya saqlaş tizimi kiradi.
Quyoş elektr stansiyasi “Navoiazot”ning işlab çiqariş obyektlariga töğridan-töğri ulangan. Işlab çiqarilayotgan elektr energiyasi bevosita korxona ehtiyojlari uçun yetkazib beriladi. Loyiha ma’lumotlariga köra, stansiya yiliga 657 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqaradi.
Quyoş energiyasidan foydalaniş yiliga qariyb 175 mln kub metr tabiiy gazni tejaş imkonini berişi kutilmoqda.
Bundan taşqari, karbonat angidrid çiqindilari yiliga 377,8 ming tonnaga kamayişi kerak.
Energetika vaziri Şerzod Xöjayev obyektga taşrif buyurib, elektr stansiyasi va energiya saqlaş tizimining işlaş jarayoni bilan tanişdi. Unga uskunalarning imkoniyatlari hamda korxonaga elektr energiyasini töğridan-töğri yetkazib beriş tizimi ham taqdim etildi.
Loyihani amalga oşiriş sanoatda qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni kengaytiriş va yirik korxonalarning energiya ta’minotini diversifikatsiya qilişga qaratilgan. Kutilayotgan natijalar qatorida mahalliy aholi uçun iş örinlari yaratiş va hududning iqtisodiy faolligini oşiriş ham qayd etilgan.