Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — JPMorgan vakillari Özbekiston moliya taşkilotlari bilan milliy davlat qimmatli qoğozlari bozorida iştirok etişning ehtimoliy şakllarini muhokama qildi. Işçi uçraşuv «Özbekiston respublika valyuta birjasi» (ÖzRVB) aksiyadorlik jamiyati ofisida bölib ötdi.
Muzokaralarda Özbekiston Markaziy banki, ÖzRVB, Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi va “Özmilliybank” AJ vakillari iştirok etdi. Tomonlar asosiy e’tiborni JPMorgan kompaniyasining davlat qimmatli qoğozlari (DQQ) birlamçi va ikkilamçi bozorlarida faoliyat yuritiş imkoniyatlariga qaratdi.
Jumladan, birlamçi diler maqomiga ega bölgan Özmilliybank bilan hamkorlik masalasi muhokama qilindi. Iştirokçilar qimmatli qoğozlarni sotib oliş va sotiş uçun buyurtmalar beriş, şuningdek, bitimlarni amalga oşirişni öz içiga olgan savdo va savdodan keyingi operatsiyalarni ötkaziş tartibini körib çiqdi.
Savdo natijalari böyiça hisob-kitoblar ham muzokaralarning alohida mavzusi böldi. Tomonlar qimmatli qoğozlar va pul mablağlari harakati, şuningdek, investorlarga foiz daromadlarini ötkaziş hamda davlat obligatsiyalari muddati tugaganda ular böyiça tölovlarni amalga oşiriş mexanizmlarini körib çiqdi.
JPMorgan vakillariga xorijiy investorlarning Özbekiston davlat qimmatli qoğozlari bilan operatsiyalarga kirişini tartibga soluvçi amaldagi qoidalar hamda ularning uşbu bozordagi faoliyatini belgilaydigan qonunçilik normalari tuşuntirildi.
Iştirokçilar xalqaro bankning tijorat banklari va bozor infratuzilmasi taşkilotlari bilan hamkorlik qilişining ehtimoliy modellarini ham körib çiqdi. Muhokamalar savdo va savdodan keyingi operatsiyalarni amalga oşirişda har bir iştirokçining vazifalarini qamrab oldi.
Uçraşuv davomida ÖzRVB savdo tizimi va u bilan boğliq moliyaviy infratuzilma elementlari JPMorgan kabi yirik xorijiy taşkilotlar iştirokida operatsiyalar ötkaziş imkonini berişi ta’kidlandi.
Muzokaralar kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari va xalqaro moliya taşkilotlarining Özbekiston davlat qimmatli qoğozlari bozoridagi iştirokini kengaytiriş masalalariga bağişlandi.
JPMorgan — boş qarorgohi Nyu-York şahrida joylaşgan xalqaro moliya taşkiloti. U bank va investitsiya xizmatlarini körsatadi, kapital bozorlarida faoliyat yuritadi, aktivlarni boşqaradi hamda korporativ va institutsional mijozlarga xizmat körsatadi.