O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Infografika · Sport

Millionlar jangi: JCH-2026 murabbiylari maoshlari reytingi

Yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatida kim eng ko'p maosh olmoqda? Anchelotti eng yuqori pog'onada, Kannavaro eng yaxshi beshlikda va favoritlar murabbiylari kamtarona millionlab pul topishmoqda. Barcha raqamlar bitta jadvalda!
UzDaily · 16.06.2026 22:15 9 views
Yuklab olish
Sport
Millionlar jangi: JCH-2026 murabbiylari maoshlari reytingi

Finance Football nashri bo‘lajak jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalar bosh murabbiylarining yillik maoshlari reytingini e’lon qildi. Raqamlar hayratlanarli: ayrim favorit jamoalar ustozlari kamtarona shartnomaga ega bo‘lsa, boshqa murabbiylar kutilmaganda dunyoning eng badavlat murabbiylari ro‘yxatidan joy oldi.

Reytingdan asosiy ma'lumotlar:

Mutloq yetakchi: Karlo Anchelotti (Braziliya) yiliga €10 mln maosh bilan ro‘yxatni boshqarmoqda.

Top-5 likdagi sensatsiya: O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Fabio Kannavaro Fransiya, Niderlandiya va Urugvay murabbiylarini ortda qoldirib, 5-o‘rinni egalladi. Uning maoshi Roberto Martines (Portugaliya) bilan teng sharoitda.

Favoritlarning kamtarligi: Turnir g‘olibligiga asosiy da’vogar hisoblangan Argentina (Lionel Skaloni — €2,3 mln) va Ispaniya (Luis de la Fuente — €2 mln) murabbiylari hatto top-12 likka ham kirmadi.

Ro‘yxatning quyi qismi: Xadzime Moriyasu (Yaponiya) €1,1 mln, Rudi Garsiya (Belgiya) €700 ming, Stiv Klark (Shotlandiya) esa yiliga €530 ming ishlab topadi.

Eslatma: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi etika qoidalariga ko‘ra Kannavaroning aniq maoshini ochiqlamaydi. Avvalroq matbuotda tarqalgan €4 mln haqidagi xabarlar rad etilib, italiyalik mutaxassisning real maoshi ancha past ekanligi ta'kidlangan edi.