Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 17 noyabr kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) “Biznes-fond” aksiyadorlik jamiyatining 60 mlrd sömlik aksiyalarini dastlabki çiqarişni röyxatdan ötkazdi.
Aksiyalar jamiyatning ustav kapitalini şakllantirişga yönaltiriladi. Bu haqda openinfo.uz portalidagi muhim fakt töğrisidagi xabarda ma’lum qilingan.
Aksiyalar çiqarilişi nominal qiymati 1000 söm bölgan 60 million dona oddiy aksiyani öz içiga oladi. Unga P1140-1 röyxatdan ötkaziş raqami berilgan.
Aksiyalar yagona ta’sisçi — davlatning «Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi»ga (TRK) yopiq obuna orqali joylaştiriladi.
Aksiyalarni çiqariş töğrisidagi qaror yagona aksiyador tomonidan 2026 yil 20 oktyabrda qabul qilingan.
“Biznes-fond” AJ 2026 yil 28 sentyabrda röyxatdan ötkazilgan.
16 noyabr kuni TRK jamiyat kuzatuv kengaşi uç kişidan iborat bölişini belgiladi. Uning tarkibiga Buyuk Britaniya fuqarolari Kristof Fraytag (Çristoph Freytag) va Nik Peyj (Nick Page), şuningdek, Qozoğiston vakili Aynur Sainovna Kuatova kiritiladi.
Allaberdiyev Ravşanjon Rustam öğli jamiyat rahbari vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.
“Biznes-fond” AJ 2026 yil 27 avgustdagi PF-175-son Prezident farmonining 19-bandi asosida taşkil etilgan. Farmonga muvofiq, jamiyat xususiy investorlar mablağlarini jalb qilgan holda tadbirkorlik loyihalariga investitsiya kiritişi kerak.