Asia Alliance Bank 20 mln dollarlik valyuta obligatsiyalarini chiqaradi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Asia Alliance Bank Kuzatuv kengashi 20 million dollar miqdorida valyuta obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qaror 2026 yil 10 avgustda qabul qilingan. Bu haqda Openinfo xabar berdi.
Obligatsiyalarni ochiq obuna orqali joylashtirish rejalashtirilmoqda. Kupon stavkasi yillik 7 foizni, muomala muddati uch yilni, bitta obligatsiyaning nominal qiymati esa 100 dollarni tashkil etadi.
Kupon daromadi har chorakda to‘lab boriladi.
Obligatsiyalarni joylashtirishni boshlash Openinfo‘da obligatsiyalar chiqarilishining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi xabar eʼlon qilingan sanadan boshlab 15-kalendar kuniga rejalashtirilgan.
Avvalroq mikromoliya tashkiloti Agat Credit ham valyuta obligatsiyalarini chiqarish rejalari haqida xabar bergan edi. Uning chiqarish hajmi 10 million dollarni, kupon stavkasi yillik 11,5 foizni, muomala muddati esa ikki yilni tashkil etadi.