Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati va Xitoyning ÇINA CAMCE kompaniyasi infratuzilma, ta’lim va tibbiyot sohalaridagi loyihalarni amalga oşiriş böyiça uçta kelişuv tuzdi. Hujjatlar viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov boşçiligidagi delegatsiyaning kompaniya direktorlar kengaşi raisi Van Bo bilan muzokaralari yakunlari böyiça imzolandi.
Tomonlar xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, hududning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, infratuzilma va ijtimoiy sohalarda yirik loyihalarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi.
Kelişuvlardan biri Xitoy — Qirğiziston — Özbekiston temir yöli böylab Andijon logistika xabini loyihalaştiriş va qurişni birgalikda amalga oşirişni nazarda tutadi. Uşbu taşabbus hududning transport-logistika imkoniyatlarini rivojlantirişga qaratilgan.
Ikkinçi hujjat toza energetika sohasi uçun malakali mutaxassislar tayyorlaş böyiça özaro anglaşuv memorandumi hisoblanadi. Tomonlar uşbu yönalişda kadrlar salohiyatini rivojlantirişni rejalaştirmoqda.
Uçinçi kelişuv zamonaviy köp tarmoqli şifoxona qurilişiga taalluqli. Loyiha tibbiyot infratuzilmasini rivojlantiriş va aholiga körsatiladigan xizmatlar sifatini yaxşilaşni nazarda tutadi.
Uçraşuv yakunida tomonlar rejalaştirilgan loyihalarni amaliy bosqiçga tezroq ötkaziş uçun aniq vazifalarni ham kelişib oldi.